Qo'limdan kelmaydi sensiz yashamoq...
Men netay? o'zgaga yurak ko'nmasa..!
Dard-azob bormikin, bundan og'irroq!
Chin qalbdan sevganing, seni sevmasa!
Xayotim manosi, o'zing-ku axir...
Naxot men qalbingga topolmadim yo'l!
Jazomi? menga shu bitilgan taqdir
Senga tutolmasam, hatto bitta gul!
Sog'inib kutganda hech eslamaysan.
Tuyg'ularim o'tkinchi, xayollaringda...!
Ko'nglimga bir-bora nazar solmaysan!
Afsuslanmaysanmi?, kech qolganingda!
Azoblar tortyapman, senga baribr...
,,Tuyg'ularing yolg'on'' deysan qo'yasan!
Yana qancha kutayin? qilayin sabr...
Men qiynab, kuydirib, qachon to'yasan?
Har-kun yo'llaringda parvonang o'zim,
Umrimning tuni-yu kunduzidirsan...!
Sevgim rost sevgilim, ishon chin so'zim!
Sen mening xayotim mazmunidirsan!