Тинди сизни дея оққан дарёлар, Сизга Қуёш меҳр нурлари тинди. Оҳ, канчалар бисёр эдилар улар! Мен сизни безовта қилмайман энди.
Ишқимни қулфладим кўнгил қаърига. Дардларнинг зарбидан калитлар синди.
|
Билсанг, ўша пайтлар боғ эди бу жой, Борар эдик қочиб элнинг гапидан. Шу боғда илк бора титраб ҳойнаҳой, Бўса олган эдим бир қиз лабидан.
Бу жойлар ёдимда ҳув кечагидай, Бир ажиб боғ эди — ҳамиша баҳор...
|
Joningdan o‘tadi bir kun hammasi, Goho hammasidan keladi kechging. Yuragingga to‘lgan yoshlarni emas, Bir hovuch yulduzni keladi ichging.
Ochiq derazadan termilasan jim, Yuzingga ataylab urilar parda.
|
Хотиранг ёмонми, айт?! Гап эсингда қолмайди. Чин дилдан севган одам "Севаман” деёлмайди. Айтса обрў кетади, Айтмаса куяр юрак. Минг бор "севаман” деган
|
Бир кун қайтиб келишингиз билар эдим,Соғинчлардан қақшаб жону ҳисларингиз.Асли сизга яхшиликлар тилар эдим,Йиғлайверинг, қораяди кўзларингиз.
...
Читать дальше »
|
Muhabbat yondirdi shoir qildi ishq! Ulgurdim to'rt qator misra yozishga Gumonlar, savollar, qo'ymas meni tinch! Ayting haqqim yo'qmi baxtli bo'lishga?
|
Дардларга ем бўлган менинг юрагим Кимга ҳам керакдир менинг керагим Бахтли бўлинг бир умр шудир тилагим Мен учун ҳам яшанг шудир истагим
...
Читать дальше »
|
Buncha yiroqdasan mohim sog’inib, Hajringda yuragim kuyib bormoqda. Visolingni ko’rmoq istagan ko’zga, Achchiq alam yoshi to’lib bormoqda.
...
Читать дальше »
|
Dardlar dilning qirg'og'idan toshar asta, Sog'inch bergan azoblardan yurak xasta. Ismingizni takrorlayman har nafasda, Unutgansiz endi qaytib kelmaysizda, Sog'inmaysiz Sog'inishni bilmaysizda
Orzu qildim, siz boy qizi malikani, Go'yo ko'kda oyning o'zi bir erkani. Dardlarimga dardkash bormi endi mani, Biz oshiqni nazar-pisand ilmaysizda, Sog'inmaysiz sog'inishni bilmaysizda.
Siz ketdingiz ortingizdan boqdim qolib, Tunlarimni o'tkazaman bedor bo'lib. Sizga aytgan so'zlarimni yodga olib, Bir-bor eslab, dilingiz xun bo'lmaysizda, Sog'inmaysiz sog'inishni bilmaysizda.
Bu hayotga muhabbatim, mehrim sindi, Sevgi degan bir tuyg'uga bo'lib bandi. Ko'zlaringiz kulib boqib meni endi, Shirin so'zlar bilan ko'nglim olmaysizda, Sog'inmaysiz sog'inishni bilmaysizda.
Hijronlarda bir kun ado bo'lsangiz ham, Sir saqlabon meni jondek suysangiz ham. Qancha yonib yana qancha kuysangiz ham. Bag'ringizni mendek yulib tilmaysizda, Sog'inmaysiz sog'inishni bilmaysizda.
Gar bilsangiz holim so'rab turardingiz, Sog'indim deb o'zni o'tga urardingiz. Yo'q sevmaysiz sevsangiz gar kelardingiz. Sevgi yo'q deb unga parvo qilmaysizda, Sog'inmaysiz sog'inishni bilmaysizda...
...
Читать дальше »
|
Sevsang, Osmonga chiq, oyni olib kel, Tonglar vodiysini to'sha yo'limga! Somon yo'llaridan chechaklar terib, Baxtning shodasiday tutgil qo'limga! Sevsang! "Yoriltosh"dan chiqib kel, ozod! Qanotlari bo'lsin otingning. Moviy yog'dulardan go'shanga bezab, Ostonamga kelib o'tingil... So'ngra, Borsa kelmasga borgil, Devning changalidan olgil uzukni. Bo'ronlarni yutib, Tog'lardan o'tib, Bosib kel adashgan xato yozuqni. Yuragimga borar yorug' yo'llarda Ichingdagi yovni mahv etgil, g'olib! Tiriklik cho'qqisin yashil tog'idan Havo tikkan tug'ni kel olib! Sevsang...
| « 1 2 ... 41 42 43 44 45 ... 54 55 » |