Меню сайта
Реклама
Реклама
Популярные музыки
» Hayot nima o'zi?
Hayot nima o'zi, bir dasta quvonch, Kimgadir baxt berar, kimgadir alam. Hayot nima o'zi, bir olam azob, Buni tariflashga, ojizdir qalam. Hayot nima o'zi, nima u hayot, Ba'zan g'amginsizu, ba'zida quvnoq. Hayot nima o'zi, aytaymi sizga, Hayot nondan qolgan, bir dona uvoq. Hayot nima o'zi, o'nqir-cho'nqir yer, Gohida ravon yo'ling, notekis gohi. Hayot nima o'zi, daryodek ko'z yosh, Farzand dog'in ko'rgan, onalar ohi. Hayot nima o'zi, hayot bu sevgi, Ikki qalb bir-birin, uchratgan damlar. Hayot nima o'zi, baxtdan sarmastlik, Muhabbat ketidan, yurgan qadamlar. Hayot nima o'zi, ajoyib turmush, Kun ora janjal deb, choynak uchishi. Hayot nima o'zi, turmushning mushti, Ikki qalb bir-birin, unsiz quchishi. Hayot nima o'zi, totli bir ne'mat, Bu ne'mat negizin, anglab yetaylik. Hayot nima o'zi, ollohdan tuxfa, Bunday tuxfa uchun, shukur etaylik.
«MusicBy.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Метки: o'zi?, Nima, Hayot

Реклама
Популярные клипы
Опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 20