» Hayot nima o'zi?
Hayot nima o'zi, bir dasta quvonch,
Kimgadir baxt berar, kimgadir alam.
Hayot nima o'zi, bir olam azob,
Buni tariflashga, ojizdir qalam.
Hayot nima o'zi, nima u hayot,
Ba'zan g'amginsizu, ba'zida quvnoq.
Hayot nima o'zi, aytaymi sizga,
Hayot nondan qolgan, bir dona uvoq.
Hayot nima o'zi, o'nqir-cho'nqir yer,
Gohida ravon yo'ling, notekis gohi.
Hayot nima o'zi, daryodek ko'z yosh,
Farzand dog'in ko'rgan, onalar ohi.
Hayot nima o'zi, hayot bu sevgi,
Ikki qalb bir-birin, uchratgan damlar.
Hayot nima o'zi, baxtdan sarmastlik,
Muhabbat ketidan, yurgan qadamlar.
Hayot nima o'zi, ajoyib turmush,
Kun ora janjal deb, choynak uchishi.
Hayot nima o'zi, turmushning mushti,
Ikki qalb bir-birin, unsiz quchishi.
Hayot nima o'zi, totli bir ne'mat,
Bu ne'mat negizin, anglab yetaylik.
Hayot nima o'zi, ollohdan tuxfa,
Bunday tuxfa uchun, shukur etaylik.
Похожие новости
- Hayot nima o'zi?
- Qani Ayt Sevgi nima o'zi?
- Qani Ayt Sevgi nima o'zi?
- Hayot
- SEVILMAGANLARNING NIMA AYBI BOR!
- HAYOT FALSAFASI
- HAYOT FALSAFASI
- AYOL uchun baxt nima umir yuldowmi?
- Muhabbat biz uchun nima odamlar? Ming yillab kutamiz visol onini, Buni ishq utida kuyganlar bilar, Sevgidan yaratmush inson jonini.
- "SIZDAN NIMA QOLDI MENGA" Zafar Sobitov