» SEVILMAGANLARNING NIMA AYBI BOR!
Kimdir kimning yo'lin kutar intizor,
Qalbin ocharmikan deya umidvor,
Taqdir ayirmasin ikki oshiqni,
Sevilmaganlarning nima aybi bor.
Muhabbat, tush kabi bir shirin xayol,
Kim uchun, kim baxtin qiladi zavol,
Aytingchi, do'stlarim sizga bir savol,
Sevilmaganlarning nima aybi bor.
Yig'laydi birovdan kamim bormi deb,
Ko'nglini berganlar shuncha xormi deb,
O'ksinar, yolg'izlik menga yormi deb,
Sevilmaganlarning nima aybi bor.
Ko'zguga boqadi ko'zlarida yosh,
Sqrviqomat malak, go'zal qalamqosh,
Ammo, u dil bergan yigit bag'ritosh,
Sevilmaganlarning nima aybi bor.
Dardin kimga aytsin, kimga yig'lasin,
Qachongacha tunlar bag'rin tig'lasin,
Hayot o'z juftiga yo'lin bog'lasin,
Sevilmaganlarning nima aybi bor.
Sevganlar hayotda baxtin topsin der,
Oshiq Ahad yozar sizga atab she'r,
Olloh har kimsaga o'zing najot ber,
Sevilmaganlarning nima aybi bor.
Kimdir kimning yo'lin kutar intizor,
Qalbin ocharmikan deya umidvor,
Taqdir ayirmasin ikki oshiqni,
Sevilmaganlarning nima aybi bor.
Метки:
Похожие новости
- Hayot nima o'zi?
- Hayot nima o'zi?
- AYOL uchun baxt nima umir yuldowmi?
- Muhabbat biz uchun nima odamlar? Ming yillab kutamiz visol onini, Buni ishq utida kuyganlar bilar, Sevgidan yaratmush inson jonini.
- Qani Ayt Sevgi nima o'zi?
- Qani Ayt Sevgi nima o'zi?
- "SIZDAN NIMA QOLDI MENGA" Zafar Sobitov
- "SIZDAN NIMA QOLDI MENGA" Zafar Sobitov
- Senga nima bo'ldi
- Nima uchun studentlar sessiyadan o’tishaolmaydi?