Меню сайта
Реклама
Реклама
Популярные музыки
» MUSOFIR MAKTUBI - ALISHER MUQUMOV
MUSOFIR MAKTUBI 

Qadrdonlar, juda sog'indim, 
Mehri daryo yurtdoshlarimni, Hijronlardan kemirildi dil, 
Yashirolmam ko'zyoshlarimni. 

Qadrdonlar juda sog'indim, 
Boysunimning navruzlarini. Bahor kabi benazir, ko'rkam, 
Dilbarimning gul yuzlarini. 

Qadrdonlar, juda sog'indim. O'zbekona tandir nonini, Mehmon uchun doyimo ochiq- 
O'zbegimning dasturxonini. 

Qadrdonlar juda sog'indim, Men onamning taomlarini, Yurtimizning musaffo tongi 
Va betakror oqshomlarini. 

Qadrdonlar sizni sog'indim. Ezildi dil sog'inchga to'lgach, 
Inson vatan qadrini ko'proq, 
Anglar ekan musofir bo'lgach. 

Muallif: ALISHER MUQUMOV
«MusicBy.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Метки: MUQUMOV, MUSOFIR, alisher, maktubi

Реклама
Популярные клипы
Опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 20