SMS SHERLAR / СМС СТИХИ / СМС ШЕРЛАР | Download Free" /> SMS SHERLAR / СМС СТИХИ / СМС ШЕРЛАР mp3 2016, 2017, SMS SHERLAR / СМС СТИХИ / СМС ШЕРЛАР, Скачать (минус), новый mp3, 2017 Узбекский mp3, SMS SHERLAR / СМС СТИХИ / СМС ШЕРЛАР 2018" /> SMS SHERLAR / СМС СТИХИ / СМС ШЕРЛАР" /> SMS SHERLAR / СМС СТИХИ / СМС ШЕРЛАР" />
Меню сайта
Реклама
Реклама
Популярные музыки
A B C D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V W X Y Z
Новые SMS SHERLAR / СМС СТИХИ / СМС ШЕРЛАР
Ota-ona.... (Otam va onamga)
Dunyolar kerakmas yonimda bo'lsa,
Ajinlari yarashgan chiroyligim.
Shodligim bir dunyo jilmayim qo'ysa,
Otam borligimdir, onam boyligim.
* * *
Bolam deb umri adog'im,
Mehnatda yorilgan qo'li qadog'im,
Birlari bog'imdir, birlari tog'im,
Otam borligimdir, onam boyligim.
* * *
Qilgan duolari yoritgan yo'lim,
Mehrini qizg'onmas xotamtoyligim.
Bir umr ta'zimda bu boshim,
Otam borligimdir, onam boyligim.
* * *
Arzigan ularga jon bo'lsa fido,
Ularsiz adoman, gadoman gado.
Doim panohingda asra xudo,
Otam borligimdir, onam boyligim.
Категория: SMS SHERLAR / СМС СТИХИ / СМС ШЕРЛАР | Просмотров: 478 | Добавил: Active | Дата: 16.03.2017 | Комментарии (0)

Orzu yo'lin armonlik ko'rdim,
Inson qadrin arzonlik ko'rdim,
Yomon do'stdan ko'rdim yaxshilik,
Yaxshi do'stdan yomonlik ko'rdim.

Ko'p kunarni ko'rgandik birga,
Qancha niyat tukkandik dilga,
Chiqqan edik biz katta yo'lga,
Yaxshi do'stdan yomonlik ko'rdim.

Kimgadir qo'l bersang eng avval,
Otasini surishtir har gal,
Zoti pastning qadami xatar,
Yaxshi do'stdan yomonlik ko'rdim.
Men yiqilsam, qochib ketganda,
Sirlarimni ochib ketganda,
Xiyonatlar jondan o'tganda,
Yaxshi do'stdan yomonlik ko'rdim.

Yaxshi do'stdan yomonlik ko'rdim,
O'chmas endi dildan jarohat.
Qayda qoldi va'dalar ahdlar,
Qayda qoldi mehru oqibat.

Qalbi og'rib Ahad Qayumni,
O'ylab qoldim, nima ham derdim.
O'yib ketdi kuygan bag'rimni,
Yaxshi do'stdan yomonlik ko'rdim.
Категория: SMS SHERLAR / СМС СТИХИ / СМС ШЕРЛАР | Просмотров: 441 | Добавил: Active | Дата: 16.03.2017 | Комментарии (0)

Bugun ta'riflashga
So'z topolmadim,
Ulardek mehribon
Yuz topolmadim,
Ko'p yaxshi insonlar
Uchratding hayot,
Ota-onam kabi
Do'st topolmadim.
Категория: SMS SHERLAR / СМС СТИХИ / СМС ШЕРЛАР | Просмотров: 537 | Добавил: Active | Дата: 16.03.2017 | Комментарии (0)

Falonchi yomon odam,
Unisi ayyor deymiz,
Anovichi firibgar,
Har nega tayyor deymiz.

Giybat chiqar avjiga,
G'aflatgohda qolamiz.
O'zgalarning gunohin,
O'zimizga olamiz.
Birovlarninh qadamin,
Qarichlamoq ne hojat.
Har kimning o'z fe'li bor-
Inson turfa tabiat.

Kun kelib vaqt hukmidan,
Olmasdan jazoyingiz.
Undan ko'ra o'zingiz,
To'g'irlang xatoyingiz.
Категория: SMS SHERLAR / СМС СТИХИ / СМС ШЕРЛАР | Просмотров: 394 | Добавил: Active | Дата: 16.03.2017 | Комментарии (0)

Sal narsaga tutaqib,
Sachrayapman shu kunlar.
Taranglashgan asabim,
Charchayapman shu kunlar.

Dardim sochib tunlarga,
Bo'rondek quyunlarga,
Echilmas tugunlarga,
Uchrayapman shu kunlar.

Baxt endi yiroqlarmi,
Dil chorasiz yig'larmi,
O'z ko'ksimga tig'larni,
Sanchayapman shu kunlar.

O'zim o'zimdan bezib,
Qalbim to'finin sezib,
O'z suyakkarim ezib,
Yanchayapman shu kunlar.
Категория: SMS SHERLAR / СМС СТИХИ / СМС ШЕРЛАР | Просмотров: 639 | Добавил: Active | Дата: 16.03.2017 | Комментарии (0)

Qo'lida qadrimiz o'ynab yurganlar,
Ishimiz bitkazmay qiynab yurganlar,
Orqadan mayda gap chaynab yurganlar,
Bugun cho'qqilarda bizlarni ko'rmish,
Uni o'zim odam qilganman dermish.

Tuhmat toshlarini otgan do'stlarim,
Bir paytlari meni sotgan do'stlarim,
Bir dasturxonda tuz totgan do'stlarim,
Dushmanga qo'shilib g'iybatim qilmish,
Uni o'zim odam qilganman dermish.

Biz salom berganda olmagan alik,
O'zin osmon bilib yashab shunchalik,
Bugun esa har kun yo'llarlar tabrik,
Bizning e'tiborga dillari zormish,
Uni o'zim odam qilganman dermish.

Necha yil yordamga zor bo'lib yurdim,
Omad kelarmikin menga ham derdim,
Hech kim tushunmadi dildagi dardim,
Iltimos deb borsak yuzlarin burmish,
Uni o'zim odam qilganman dermish.

Qachondir bizlardan o'zini tortib,
Kibr botqog'iga qolgandi botib,
Indamay tursak ham bizga tosh otib,
Besabab ismimni g'iybatga qormish,
Uni o'zim odam qilganman dermish.

Ahad Qayum yig'lab shu she'rin bitdi,
Halol mehnat qilib shu kunga yetdi,
Tuhmatlar, minnatlar jonimdan o'tdi,
Do'stlarim oldida bezrayib turmish,
Uni o'zim odam qilganman dermish.

Qo'lida qadrimiz o'ynab yurganlar,
Bizlar haqda xato o'ylab yurganlar,
O'zini yagona sanab yurganlar,
Ortimizdan yolg'on suhbatlar qurmish,
Uni o'zim oda ... Читать дальше »
Категория: SMS SHERLAR / СМС СТИХИ / СМС ШЕРЛАР | Просмотров: 542 | Добавил: Active | Дата: 16.03.2017 | Комментарии (0)

Ey do'stim davlating imkoning bolsa,
Tulporing choparga maydoning bölsa,
Manziling közlagan karvoning bölsa,
Eng avval otangni qadrini bilgin,
Eng avval onanga yaxshilik qilgin.

Zeb ziynat ustunmas ota-onangdan,
Mol davlat ustunmas ota-onangdan,
Hashamat ustunmas ota-onangdan,
Maishat ustunmas ota-onangdan,
Eng avval otangni qadrini bilgin,
Eng avval onanga yaxshilik qilgin.

Bugun qadah tutib turgan dilbarlar,
Yiqilsang bir kuni tashlab ketarlar,
Odam bo'lib ortga solgin bir nazar,
Eng avval otangni qadrini bilgin,
Eng avval onanga yaxshilik qilgin.

Oppoq sochlarida sabr beshigi,
Ajinlar qatori jabr beshigi,
Biz ochib kirmasak mehr eshigin,
Qarsillatib yopsak qadir eshigin,
Ulgur, ochilmasdan qabr eshigi,
Eng avval otangni qadrini bilgin,
Eng avval onanga yaxshilik qilgin.

Ey do'stim, davlating imkoning bo'lsa,
Tulporing choparga maydoning bo'lsa,
Manziling ko'zlagan karvoning bo'lsa,
Eng avval otangni qadrini bilgin,
Eng avval onanga yaxshilik qilgin.

Bu dunyo nimadir, bu dunyo o'yin,
Bugun yutsak erta yutqazish tayin,
Boshqa ishingni qo'y ey Ahad Qayum,
Eng avval otangni qadrini bilgin,
Eng avval onanga yaxshilik qilgin.

Bor boyligu naqding shular emasmi,
Bor davlatu taxting shular emasmi,
Axir sen ... Читать дальше »
Категория: SMS SHERLAR / СМС СТИХИ / СМС ШЕРЛАР | Просмотров: 560 | Добавил: Active | Дата: 16.03.2017 | Комментарии (0)

Baxtli insonlarga
Tegmasin ko'zlar,
Ortinggizdan qolsin
Chiroyli izlar,
Onasin ishonchin
Oqlasin o'g'il,
Otasin boshini
Egmasin qizlar.
Категория: SMS SHERLAR / СМС СТИХИ / СМС ШЕРЛАР | Просмотров: 415 | Добавил: Active | Дата: 16.03.2017 | Комментарии (0)

o'st bilan dushmanning farqini bilib,
Bemehr odamdan ehtiyot bo'ling.
G'iybat qilsa sendan manfa'at ko'rib,
Noshukr odamdan ehtiyot bo'ling.
Tilda boshqa dilda boshqa bo'larlar,
Seni o'zlariga dushman bilarlar,
Tuni kun ortingdan noming bulg'arlar,
Toshbag'r odamdan ehtiyot bo'ling.

Hech qachon pul uchun iymonni sotib,
O'tkinchi dunyoda vijdonni sotib,
G'aflat botqog'ida qolmangiz botib,
Besabr odamdan ehtiyot bo'ling.
Senga omad kelsa qilarlar xasad,
Ming bir yaxshilikka aytmayin rahmat,
Ortingdan to'qirlar ig'voyu tuhmat,
Befikr odamdan ehtiyot bo'ling.
Ehtiyot bo'linglar kimda odob yo'q,
Tarbiya kitobin olmagan to'liq,
Umrin barbod etar topmayin yo'riq,
Serjahl odamdan ehtiyot bo'ling.

Ahad Qayum so'zin tinglang birodar,
Gohi do'st ortingdan uradi xanjar,
O'zingniki jonga boshqacha sanchar,
Beaql odamdan ehtiyot bo'ling.
Категория: SMS SHERLAR / СМС СТИХИ / СМС ШЕРЛАР | Просмотров: 538 | Добавил: Active | Дата: 16.03.2017 | Комментарии (0)

Hafa bo'lmang, sizni ranjitdim,
Izlayapti demang bahona,
Ko'nglingizni baxtdan yoritgum,
Sizni yaxshi ko'raman ona.

Sizni yaxshi ko'raman ona,
Sog' bo'ling siz otam baxtiga.
Dilingizni oching menga ham,
Ayting hamma gapingiz menga.
Категория: SMS SHERLAR / СМС СТИХИ / СМС ШЕРЛАР | Просмотров: 1505 | Добавил: Active | Дата: 16.03.2017 | Комментарии (0)

« 1 2 ... 102 103 104 105 »
Реклама
Популярные клипы
Опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 20