Меню сайта
Реклама
Реклама
Популярные музыки
» YAXSHI DO'STDAN YOMONLIK KO'RDIM!
Orzu yo'lin armonlik ko'rdim, 
Inson qadrin arzonlik ko'rdim, 
Yomon do'stdan ko'rdim yaxshilik, 
Yaxshi do'stdan yomonlik ko'rdim.

Ko'p kunarni ko'rgandik birga, 
Qancha niyat tukkandik dilga, 
Chiqqan edik biz katta yo'lga, 
Yaxshi do'stdan yomonlik ko'rdim.

Kimgadir qo'l bersang eng avval, 
Otasini surishtir har gal, 
Zoti pastning qadami xatar, 
Yaxshi do'stdan yomonlik ko'rdim. 
Men yiqilsam, qochib ketganda, 
Sirlarimni ochib ketganda, 
Xiyonatlar jondan o'tganda, 
Yaxshi do'stdan yomonlik ko'rdim.

Yaxshi do'stdan yomonlik ko'rdim, 
O'chmas endi dildan jarohat. 
Qayda qoldi va'dalar ahdlar, 
Qayda qoldi mehru oqibat.

Qalbi og'rib Ahad Qayumni, 
O'ylab qoldim, nima ham derdim. 
O'yib ketdi kuygan bag'rimni, 
Yaxshi do'stdan yomonlik ko'rdim.
«MusicBy.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Метки: KO'RDIM!, YOMONLIK, DO'STDAN, Yaxshi

Реклама
Популярные клипы
Опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 20