» Senga nima bo'ldi
Bu kecha kel desam kelmading.
Dardimni ol desam olmading.
Yonimda qol desam qolmading.
Senga nima bo'ldi, senga ne bo'ldi.
Ortimdan yurarding mo'ralab,
Keng ko'cha, tor ko'cha oralab,
So'ng ketding yuragim yaralab,
Senga nima bo'ldi, senga ne bo'ldi?
Kularding kelganda qoshimga,
Yig'larding dard tushsa boshimga.
To'ymadim ship-shirin oshingga,
Senga nima bo'ldi, senga ne bo'ldi?
Sen juda beg'ubor kularding,
"Men senga intizor", bilarding.
Sal kutsang menga yor bo'larding,
Senga nima bo'ldi, senga ne bo'ldi?
Men seni sevardim, sevardim,
Joningni ber desang, berardim,
Shunda ham tushingda kelardim,
Senga nima bo'ldi, senga ne bo'ldi?
Bunchalar eding-a shirin so'z,
Qoshlari qora qiz, qaro qiz,
Ko'zlari tim qora, qaroko'z Qorako'z.
Senga nima bo'ldi, senga ne bo'ldi?
Похожие новости
- Hayot nima o'zi?
- OTA ONANG ACHINARKAN SENGA FAQAT!
- Hayot nima o'zi?
- OTA ONANG ACHINARKAN SENGA FAQAT!
- SEVILMAGANLARNING NIMA AYBI BOR!
- Xech kimsa baribir senga yetmaydi...!
- AYOL uchun baxt nima umir yuldowmi?
- Senga intizordir nozik yuragim
- Senga dunyolarni qilaman tortiq...
- Muhabbat biz uchun nima odamlar? Ming yillab kutamiz visol onini, Buni ishq utida kuyganlar bilar, Sevgidan yaratmush inson jonini.